Janubiy Koreya vonasi kursi dollarga nisbatan 2,6 foizga pasayib, 1 dollar uchun 1442 vonani tashkil etdi, bu valyutaning ikki yillik eng past ko‘rsatkichidir, deya yozmmoqdda Kun.uz.
Fond bozorlari mamlakatdagi siyosiy voqealarga salbiy reaksiya bildirdi. Kunning ikkinchi yarmida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol «Shimoliy Koreya tarafdori kuchlarni yo‘q qilish va erkin konstitusiyaviy tuzumni himoya qilish» maqsadida harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi. Shu bilan birga, u o‘z qarorini ichki siyosiy muammolar: muxolifatning mamlakatda tartibsizlik yaratish niyati bilan izohladi.
Mamlakatdagi voqealar birjadan tashqari savdolarda ham birja indekslarining pasayishiga olib keldi, chunki Janubiy Koreyaning o‘zida harbiy holat e’lon qilingan vaqtga kelib savdolar allaqachon tugagan edi.
MSCI South Korea indeksi 4 foiz yo‘qotib, 52 haftalik eng past darajaga yetdi, Franklin FTSE in South Korea indeksi esa 3 foiz pasaydi. Xorijdagi savdolarda Janubiy Koreyaning Hyundai Motor (–6%), LG Electronics (–3,5%) va POSCO (–5,9%) metallugiya kompaniyasi aksiyalari narxi pasayish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.