Tvorog – kattayu-kichik uchun birdek foydali va mazali sut mahsulotlaridan biridir.
Tvorogning foydasi haqida ko‘p bor eshitganmiz. U kalsiyga boy bo‘lib, tish va suyaklar salomatligi uchun juda muhimdir.
Bu mahsulot har kungi iste’mol qiladigan taomnomadan joy egallashi kerak. Tvorogni kunning istalgan vaqtida iste’mol qilish mumkin.
Tvorog qon tarkibini yaxshilashga yordam berib, asab tizimi va suyaklarni mustahkamlaydi.
Ko‘p sportchilar uni uyqudan oldin tanovul qilishadi va bu tabiiy hol. Sababi bunda aminokislotalar qonga tushadi va mushaklar yetarli miqdorda ozuqa moddalari bilan ta’minlanadi.
Tvorog o‘zida ko‘p oqsilni saqlaydi. Tvorog go‘sht iste’mol qilmaydiganlar uchun ajoyib yechim: oqsilning miqdori hisobidan tvorog qo‘y, tovuq va baliq go‘shtiga tenglashtiriladi.
Tvorogni haddan ziyod iste’mol qilish yaramaydi. Tvorog qanchalik foydali bo‘lmasin, uni haddan ortiq yeyish ham zararli.Uni ko‘pi bilan haftada 3-4 marta iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Tvorogni kechqurun iste’mol qilish tavsiya qilinadi, u tez hazm bo‘lib, organizmni to‘yintiradi.