Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun alohida jarima ballari hisoblab boriladi

A A A
Har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun alohida jarima ballari hisoblab boriladi

Prezidentning "Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra:

➖ Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida 2022 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etilmoqda:

🔹 har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;

🔹 hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;

🔹 muayyan davr mobaynida qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.

➖ Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi barcha ta’lim muassasalari va imtihon markazlariga faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziya IIV tomonidan beriladi.

Avtomaktablarning innovasion pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning o‘qituvchi, haydovchi-yo‘riqchi va murabbiylarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari IIV Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

➖ 2023 yil yakuniga qadar poytaxtning barcha chorrahalarida, shuningdek, Nukus shahri va viloyatlar markazlarining yirik asosiy serqatnov chorrahalarida, 2024 yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyatlar markazlarining barcha chorrahalarida raqamli boshqaruv tizimi joriy qilinadi.

➖ 2022 yil 1 iyuldan boshlab, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yo‘l” indeksini yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda tuman (shahar)lar indeks ko‘rsatkichlari asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo‘yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

Kiritildi: 21:34 04.04.2022. O'qildi: 3895 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!