Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Har 10 daqiqada bir nafar, bir kunda 137 nafar ayol-qiz o‘z yaqini tomonidan o‘ldirilyapti — BMT

Har 10 daqiqada bir nafar, bir kunda 137 nafar ayol-qiz o‘z yaqini tomonidan o‘ldirilyapti — BMT

Ma’lumotlar BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (NJB) va «BMT-ayollar» tuzilmasining 25 noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunida e’lon qilingan yangi hisobotiga asoslanadi.

Uzoq yillik xalqaro majburiyatlarga qaramay, ko‘rsatkichlar yillar davomida yaxshilanmay kelmoqda, deyiladi hisobotda.

2025 yilgi femisid (ayollarning qasddan o‘ldirilishi) hisobotiga ko‘ra, 2024 yilda jami 83 ming ayol va qiz qasddan o‘ldirilgan. Ularning 60 foizi — 50 ming nafari, yuqorida keltirilganidek, o‘z yaqinlari qurboni bo‘lgan. Taqqoslash uchun, erkaklarning o‘ldirilishi 11 foiz holatda sheriklari yoki qarindoshlari tomonidan sodir etilgan.

Ma’lum qilinishicha, dunyoning barcha mintaqalarida gender asosidagi qotillik holatlari qayd etilmoqda. Jinsiy sheriklar yoki oila a’zolari tomonidan sodir etilgan femisidlarning eng yuqori darajasi Afrikada kuzatilmoqda — har 100 ming ayol va qizga 3 ta holat. Keyingi o‘rinlarda Amerika (1,5), Okeaniya (1,4), Osiyo (0,7) va Yevropa (0,5) mamlakatlari turibdi.

Kiritildi: Bugun 18:36. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!