HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehrondagi uyiga kelishidan ikki oy oldin yashirincha joylashtirilgan bombaning portlashi natijasida o‘ldirilgan.
Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Haniya vafot etganida avvaliga binoga raketa bilan hujum qilingani xabar qilingan, keyinroq bu boshqariladigan bombaning portlatilishi ekanligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Nashrning Yaqin Sharq rasmiylariga tayanib yozishicha, aslida bu oldindan o‘rnatilgan bomba bo‘lib, Haniya ushbu ekanligi tasdiqlangach, darhol portlatilgan.