Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Hammasi Husanovga qoldi: Ruben Diash ham uzoq vaqtga safdan chiqdi

Hammasi Husanovga qoldi: Ruben Diash ham uzoq vaqtga safdan chiqdi

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Ruben Diash "Chelsi"ga qarshi o‘yinda tizza osti payini shikastlab olgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruvlardan so‘ng 28 yoshli portugaliyalik futbolchi kamida 6 haftani o‘tkazib yuborishi aniqlandi.

Avvalroq, jamoaning boshqa bir markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol katta boldir suyagini sindirib olgani sabab 3-6 oyga safdan chiqqan edi.

Endi "shaharliklar" markaziy himoyada asosiy futbolchi sifatida Abduqodir Husanovga tayanadi. Jamoa 7 yanvar kuni APLda "Brayton"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 18:58 06.01.2026. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!