Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Hammasi erga tegish uchunmi: 19 yoshli homilador qiz qishloqdoshini milisiyaga topshirdi

Hammasi erga tegish uchunmi: 19 yoshli homilador qiz qishloqdoshini milisiyaga topshirdi

Tojikistonning Varzob tumanida yashovchi 19 yoshli qiz qishloqdoshini uning nomusiga tekkanlikda ayblab sudga berdi. Ammo yigit bu ayblovlarni rad etib, hammasit o‘zaro kelishuv asosida bo‘lganini aytdi.

Ayni damda milisiya xodimlari shoshilishmayapti, chunki qizning oilasi yigitning qizga uylanishini istashyapti, shu bois milisiya xodimlari ushbu holatni tinchgina hal qilish tarafdori.

J.A.ning aytishicha, 5 oy oldin, fevralda u uyidi 2 yoshli jiyani bilan yolg‘iz edi. Shu payt uyga 23 yoshli D.S. kirib keladi. Qiz uni akasidek ko‘rishini ta’kidlaydi. "U qomatim unga yoqishini, men bilan yaqin munosabatda bo‘lmoqchi ekanligini aytdi. Men esa uni akamdek ko‘rishimni, menga buni ravo ko‘rmasligini aytdim. Ammo u kuch ishlatdi. Unga kuchim yetmadi. Keyin esa bu haqda hech kimga aytmasligimni aytib, qo‘rqitdi", dedi qiz.

Qizning ota-onasi tibbiy tekshiruv natijasida J.A.ning homiladorligi ma’lum bo‘lgach bo‘lgan voqealardan xabar topishgan.

Yigit esa ayblovlarni inkor qildi. "Men uni zo‘rlamadim, agar zo‘rlagan bo‘lsam, nega shuncha vaqt o‘tgandan keyin shikoyat qildi? Hammasi uning roziligi bilan bo‘lgan", dedi ayblanuvchi.

Buni qarangki, qizning oilasi milisiya xodimlaridan yigitni qizga uylanishga majburlashni talab qilishdi, milisiya xodimlari esa bu masalani ikki oila tinchlik yo‘li bilan hal qilishi kerak, degan fikrda.

Kiritildi: 11:43 08.07.2019. O'qildi: 8555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!