Kinematografiya agentligi va Toshkent davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda “New sight media” studiyasi tomonidan o‘zbek adabiyotining yorqin vakili Hamid Olimjon hayoti va ijodi “Ona yurt kuychisi” hujjatli filmi suratga olindi.
Mazkur kinokartina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tayyorlandi.
Ssenariy muallifi Naim Karimov, rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganov.