Isroil mudofaa vaziri SAXALga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar jarayonining holatidan qat’i nazar, G‘azo sektorida HAMASga qarshi kurashni davom ettirishga ko‘rsatma berganini aytdi.
"Men Isroil Mudofaa kuchlariga (SAXAL) muzokaralarga qaramasdan, HAMASning G‘azo sektoridagi barcha nishonlariga qarshi harakatlarni davom ettirishni buyurdim. HAMAS yo garovdagilarni ozod qiladi, yoki batamom yo‘q qilinadi", – deya Israel Kasning bayonotidan iqtibos keltirmoqda G‘arb ommaviy axborot vositalari.