Yaqin kunlarda HAMASning G‘azodagi yetakchisi Yahyo Sinvar butun dunyo va Falastin xalqiga murojaat qiladi.
Bu haqda tashkilot vakili Hamdan Qatarning Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sinvar hech qachon Falastinni tark etmaydi, chunki «uning yagona maqsadi Falastinni ozod qilishga qaratilgan».
Hamdan, shuningdek, Qohirada HAMAS va boshqa Falastin guruhlari yig‘ilishini e’lon qildi, unda G‘azodagi urushdan keyingi tizimni muhokama qilish rejalashtirilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, sektor boshqaruvi HAMAS tarkibiga kiradigan Falastin milliy birlik hukumatiga o‘tkaziladi.