Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

HAMAS siyosiy idorasini Qatardan Iroqqa ko‘chirmoqchi — The National

A A A
HAMAS siyosiy idorasini Qatardan Iroqqa ko‘chirmoqchi — The National

Qatar va Amerika Qo‘shma Shtatlari HAMAS rahbariyatiga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda ko‘proq moslashuvchanlik ko‘rsatish uchun bosim o‘tkazayotgani sababli harakat o‘zining siyosiy idorasini Dohadan Bag‘dodga ko‘chirishi mumkin.

Nashrning xabar berishicha, Qatar rasmiylari HAMAS rahbariyatiga agar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, harakatning Dohadagi vakolatxonasini yopish va G‘azo sektori tashqarisidagi aktivlarini muzlatish bilan tahdid qilgan.

"HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘tgan oy Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy va respublika hukumatining boshqa a’zolari bilan bu imkoniyatni muhokama qilgan. Iroq hukumati harakatning siyosiy idorasini Bag‘dodga ko‘chirish imkoniyatini ma’qullagan", deb yozadi The National.

Kiritildi: 20:33 25.06.2024. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!