Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Isroil bilan kelishuv yaqin ekanini ma’lum qildi

A A A
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Isroil bilan kelishuv yaqin ekanini ma’lum qildi

HAMAS yetakchilaridan biri, guruhning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Isroil bilan sulh bitimi tuzishga yaqin ekanini bildirdi.

"Biz sulh kelishuviga erishishga yaqinmiz", — deyiladi HAMAS telegram kanalida paydo bo‘lgan va Reuters tomonidan ham qabul qilingan bayonotda. Kelishuv tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan.

AFP agentligining muzokaralardan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, kelishuv quruqlikdagi o‘t ochishni to‘xtatish va Isroilning G‘azo sektori janubidagi havo operasiyalarini cheklashdan iborat besh kunlik sulhni o‘z ichiga olishi mumkin.

Buning evaziga HAMAS va “Islomiy jihod” jangarilari tomonidan asirga olingan 50 dan 100 nafargacha aholi ozod qilinadi. Ular orasida isroilliklar, boshqa millatdagi mahbuslar bo‘ladi, lekin harbiy xizmatchilar emas. Kelishuvga ko‘ra, Isroil qamoqxonalaridan 300 ga yaqin falastinlik ozod qilinadi.

Kiritildi: 09:24 21.11.2023. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!