Falastinning HAMAS tashkiloti rahbariyati Qatardan Turkiyaga ko‘chib o‘tishni boshladi, deya xabar beradi Isroil OAV. Bunga amirlikning Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi rolini o‘ynashdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS 2023-yil 7-oktabrda tashkilot tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish shartlarini yumshatishdan bosh tortmoqda. Guruh boshqa narsalar qatori urushni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan olib chiqib ketishni talab qilishda davom etmoqda.