"Isroil HAMASga 10 nafar garovdagi shaxsning ozod qilinishi evaziga 45 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini bergan edi. Biroq harakat bu taklifni rad etdi, chunki ular G‘azo sektoridagi urush to‘liq tugatilmaydigan hech qanday sulhga rozi emasliklarini bildirdi", deya xabar beradi nashr.
Isroilning taklifida shuningdek, qamoqxonalardan 1231 nafar falastinlik mahbusni ozod qilish va G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish ham ko‘zda tutilgan edi. Taklifda HAMAS va boshqa guruhlarni qurolsizlanishga da’vat etilgan, bu esa urushni butunlay to‘xtatish uchun zarur deya qayd etilgan.
Ammo HAMAS vakillari bu shartlarni qat’iyan rad etgan.
Nashrga ko‘ra, hozirda G‘azo sektori tashqarisida bo‘lgan HAMAS vakili Xalil al-Xayya harakati telemurojaat orqali "Netanyaxuning qisman bitimlar siyosatida ishtirok etmasligini" bildirgan.
"HAMASning sulh taklifini rad etishi shuni ko‘rsatadiki, ular tinchlikdan emas, balki abadiy zo‘ravonlikdan manfaatdor. Tramp ma’muriyati tomonidan qo‘yilgan shartlar o‘zgarmagan: garovdagi insonlarni ozod qiling yoki do‘zax bilan yuzma-yuz bo‘lasizlar", — deya munosabat bildirdi AQSh Milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Jeyms Hyuitt.