HAMAS 17 dekabr kuni Qatarda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha jiddiy va ijobiy muzokaralar bo‘lib o‘tganini aytdi.
Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil yangi shartlar qo‘yishni to‘xtatsa, kelishuvga erishish mumkin.
HAMAS yozma bayonotida, Qatarning poytaxti Dohada Isroil bilan jiddiy va ijobiy muzokaralar olib borilganini bildirdi.
Bayonotda aytilishicha, Dohadagi muzokaralar vositachi davlatlar – Qatar va Misr ko‘magida o‘tkazildi.
“Faqat okkupasiya qilgan tomon yangi shartlar qo‘ymasa, ot o‘choshni to‘xtatish va asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishish mumkin bo‘ladi”, deyiladi bayonotda.
2023 yilning noyabr oyida va Isroil asirlarni almashishdi va G‘azo sektorida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga erishishdi.
Qayd etilishicha, HAMAS 100 nafar isroillikni garovga olgan, deb xabar beradi aa.com.tr.