Isroil qurolli kuchlari HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar G‘azo sektoridagi operasiya chog‘ida halok bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.
«Jami uch kishi yo‘q qilindi, ulardan biri Sinvar bo‘lishi mumkin, ammo hozirda ularning shaxsini tasdiqlab bo‘lmaydi», deb ta’kidladi Isroil vakillari.
Yahyo Sinvarning o‘limini Isroilning Kan davlat teleradiokompaniyasi manbasi tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sinvarning G‘azo amaliyotida halok bo‘lganlar orasida bor-yo‘qligini aniqlash «nisbatan oson», chunki u ilgari Isroil qamoqxonalarida bo‘lgan va uning DNKsi bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Yahyo Sinvar Ismoil Xaniya Tehronda o‘ldirilgandan so‘ng guruhga rahbarlik qilib kelayotgandi.