HAMAS yetakchisi Usama Hamdan Mahmud Abbosning HAMAS jangchilariga qarshi reydlariga munosabat bildirdi:
⭕️ “Falastin ma’muriyati xavfsizlik kuchlarining xatti-harakatlari sharmandali va xalqimiz qadriyatlariga ziddir”.
⭕️ "G‘arbiy Sohildagi xavfsizlik kuchlari isroil bosqinchilari va ko‘chmanchi to‘dalarining hujumlarini qaytarish uchun harakat qilmayapti."
⭕️ "Biz xavfsizlik xizmatlarini o‘z qurollarini bosqinchilarga qarshi qaratishga chaqiramiz, chunki bu ulardan kutilgan yagona to‘g‘ri milliy xatti-harakatdir".
⭕️ "Jenindagi qarshilik jangchilari qonunbuzar emas, chunki isroil bosqiniga qarshi turish milliy burchdir."