Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

HAMAS asirga olingan to‘rt nafar isroillik harbiy ayolni ozod qildi

A A A
HAMAS asirga olingan to‘rt nafar isroillik harbiy ayolni ozod qildi

Ular 2023 yilning 7 oktyabr kuni Nahal-Oz kibusi hududidagi postdan o‘g‘irlab ketilgan edi. Hozirda ayollar Qizil Xoch taahkiloti mashinalarida, tez orada ular G‘azo sektoridan Isroilga yo‘l oladi.

Isroil esa o‘z navbatida bugun 200 nafar falastinlik mahbusni, jumladan, umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 121 kishini ozod qilishi kerak.

Bu G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 19 yanvarda kuchga kirgan sulh kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan ikkinchi almashinuvdir. O‘tgan yakshanba kuni HAMAS uch nafar isroillik ayolni ozod qilgan edi. Isroil esa bunga javoban 90 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qilgan.

Kiritildi: 14:51 25.01.2025. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!