1-fevral, shanba kuni “mahbuslar almashinuvi” doirasida 183 nafar falastinlik mahbus ozod qilinadi, ulardan 18 nafari umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda, 54 nafari uzoq muddatli qamoq jazosini o‘tamoqda va 111 nafari 7 oktyabrdan keyin hibsga olingan.
Bu haqda Hamas hukumatidagi Mahbuslar bilan ishlash boshqarmasi rasmiy vakili Nahid al-Faxuri ma’lum qildi.
Nafaqat tirik garovga olingan uch kishi, balki o‘lganlarning jasadlari ham Isroilga topshirilishi mumkin.