Mutaxassislar Janubiy Koreyaning Jeju Air kompaniyasining Boeing 737-800 samolyotini halokatdan oldin parvoz oldidan tekshirish chog‘ida hech qanday muammo aniqlamadi.
Bu haqda Jeju Air bosh direktori Kim I Be ma’lum qildi.
"Ushbu samolyotda hech qanday muammo belgilari yo‘q edi" - dedi u.
Unga ko‘ra, ekspertlar qora qutilardagi ma’lumotlarni, jumladan, samolyot kapitani va dispetcherlar o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilishi kerak.
"Hukumat organlari tergov doirasida voqea sabablarini aniqlashlari kerak" - dedi u.