Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Haligacha go‘shtning kilosi 28 ming so‘mdan sotilayotgan joy qayerda?

Haligacha go‘shtning kilosi 28 ming so‘mdan sotilayotgan joy qayerda?

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 14 iyul holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan– 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Navoiy shahri “Saodat” MCHJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizning “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 34 000 – 42 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

40 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 30 000 dan 35 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada Surxondaryoning Termiz shahar dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti – 40 000 dan 45 000 so‘mgacha.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida kuzatildi – 19 000 – 20 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 9 000 so‘m.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan – 13 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizning “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 000 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 13 500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 000 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Farg‘ona dehqon bozori va poytaxtimizning “Mirobod”, “Chorsu”, “Qo‘yliq” va “Farhod” bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un poytaxtimizning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

Shakar

4 500 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 so‘m.

1 kg shakar uchun eng qimmat narx yurtimiz bozorlarida 5 500 so‘mgacha sotilmoqda.

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijonning Yangi shahar dehqon bozori, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorlarida kuzatildi 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtimizning “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi — 350 - 700 so‘m.

Kartoshka

1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Andijon Yangi shahar dehqon bozori, Navoiy Markaziy dehqon bozori, poytaxtdagi “Farhod”, “Chorsu” va Farg‘ona Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 so‘mdan sotilmoqda.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Sirdaryo Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.

Pomidor

1 000 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori va Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 so‘mdan – 2 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentning “Chorsu” va “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi – 6 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Xo‘jalik sovuni

800 so‘mdan – 3500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 22:45 15.07.2019. O'qildi: 2501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!