Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Hakam "Barselona"ni g‘alaba bilan tabriklab, Chempionlar ligasida omad tiladi

Hakam "Barselona"ni g‘alaba bilan tabriklab, Chempionlar ligasida omad tiladi

Ispaniyada "Barselona" va "Xetafe" o‘rtasidagi La Liga uchrashuvini boshqargan hakam Xesus Xil Mansanoning o‘yindan keyingi so‘zlari keng muhokama qilinmoqda.

O‘tgan shanba kuni bo‘lib o‘tgan bahs kataloniyaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Madrid Universal nashrining xabar berishicha, uchrashuvning final hushtagi yangraganidan so‘ng Xil Mansano "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka murojaat qilgan.

"Tabriklayman! Sizlarga Chempionlar ligasida muvaffaqiyat tilayman. O‘yiningiz chorshanba kunimi yoki seshanbada?" — deb so‘ragan hakam.

"Seshanba kuni", — deya javob qaytargan germaniyalik mutaxassis.

"Sizlarga omad tilayman", — degan Xil Mansano.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, ispaniyalik hakam "Barselona" darvozaboni Joan Garsiyadan ham tizzasining holati haqida so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Flik boshchiligidagi "Barselona" Chempionlar ligasi doirasida "Galatasaroy"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Kataloniyaliklar navbatdagi uchrashuvini 17 oktyabr, shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida "Betis"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:05 16.10.2026. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik