Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir qator qonunbuzarliklar aniqlandi, xususan:
🔸 Namanganda O.S. “Haj”ga yuborish uchun $10 000 olgan paytida qo‘lga olindi;
🔸 Gulistonda G‘.A. tegishli lisenziyaga ega bo‘lmasdan, 4 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborishni va’da qilib, $6 000 talab qilgan. Oldindan $400 va 1,3 mln so‘m olgan paytida ushlangan.
🔸 Sariosiyoda D.R. hech qanday vakolati bo‘lmasdan, “Umra” ziyorati uchun $1 100 va 200 ming so‘m olgan holda qo‘lga tushdi;
🔸 Denovda Sayyohlik firmasi rahbari SH.Q. va 1990 yilda tug‘ilgan X.N. “Umra” ziyoratiga yuborish bahonasida fuqarolardan $1 000–$1 200 va 650 ming–1,28 mln so‘m olgan paytda qo‘lga olindi.
Barcha holatlar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.