Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin faoliyatini yakunladimi?

Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin faoliyatini yakunladimi?

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz tvitterdagi sahifasida sportchining karyerasini tugatgani haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

«Ba’zi rus ommaviy axborot vositalari menga Habibning faoliyatini yakunlaganligi haqida gapirishdi. Bu mutlaqo yolg‘on. Habib otasining vafotidan keyin motam tutmoqda”, – deb yozdi Abdel-Aziz. U vaziyatga xayrixoh bo‘lishni va soxta yangiliklarga e’tibor bermaslikni so‘radi.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov 3 iyul kuni koronavirusdan vafot etgandi.

Kiritildi: 18:53 12.07.2020. O'qildi: 3183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!