Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov ke lajakdagi rejalari haqida gapirdi.
«Oktyabrda — Getji, aprelda esa — Sen-Pyer», — deya yozadi Habib UFC sharhlovchisi Jo Roganning postiga izoh qoldirib.
Taxminlarga ko‘ra, aprel oyidagi jang Habib uchun so‘ngisi bo‘ladi. Nurmagomedov 30-0 rekordidan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchi. Hozirda rossiyalik yakkakurashchida 28 ta g‘alaba mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Habib va Getji o‘rtasidagi jang 24 oktyabr kuni UFC 254 musobaqasida bo‘lib o‘tadi.