Sahihaynda kelishicha, Payg‘ambar (alayhissalom): «Agar xo‘rozning qichqirig‘ini eshitsangiz, Alloh taolodan fazli va marhamatini so‘rang. Chunki u (xo‘roz) farishtani ko‘rgandir. Agar eshakning hangrashini eshitsangiz, Alloh taolodan shaytondan asrashini so‘rang. Chunki u (eshak) shaytonni ko‘rgandir», deganlar.
Nasoiy va Hokim rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Kechasi itlarning hurishini va eshaklarning hangrashini eshitsangiz, Alloh taolodan shaytondan asrashini so‘rang. Chunki ular siz ko‘rmagan narsani ko‘radi. Kechasi hamma uxlab yotgan paytda kamroq ko‘chaga chiqinglar. Alloh taolo tunda maxluqotlaridan xohlaganicha yuboradi», deganlar».
Manba: muslim.uz