Gvineyaning sobiq prezidenti Mussa Dadis Kamara bundan qariyb 15 yil avval poytaxt Konakridagi stadionda 150 dan ortiq odam o‘ldirilganida sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Poytaxt jinoiy sudidan translyasiyani Gvineyaning Guinee Matin axborot portali olib bordi.
2022 yil sentyabridan beri davom etayotgan sud majlisida sudya hukmni o‘qib eshittirar ekan, “Kamara 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi”, deb e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, prokuratura 60 yoshli sobiq prezidentni umrbod qamoq jazosini talab qilgan, bu ishga uning yaqin atrofidagi yana 11 kishi va Afrika mamlakatining o‘sha paytdagi hukumati aloqador bo‘lgan.