Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Gvineyadagi futbol stadionidagi tiqilinchda 50 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

A A A
Gvineyadagi futbol stadionidagi tiqilinchda 50 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.

Gvineya bosh vaziri Amadu Uri Baning so‘zlariga ko‘ra, hodisa yakshanba kuni Nzerekore shahrida mahalliy futbol turniri finalida sodir bo‘lgan.

"Tiqilinchning ehtimoliy sababi sifatida futbol hakamining bahsli qarori ko‘rsatilmoqda. Xavfsizlik kuchlari ikki jamoa muxlislari o‘rtasidagi to‘qnashuvni to‘xtatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan, shundan keyin tiqilinch yuz bergan", deb yozadi AFP.

Gvineya hukumatining ma’lum qilishicha, kamida 56 kishi, jumladan, bolalar halok bo‘lgan. Mahalliy muxolifat voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazishga chaqirmoqda. Muxolifatga ko‘ra, futbol turniri harbiy yetakchi, Gvineya prezidenti Mamadi Doumbuyaning “noqonuniy va noo‘rin” siyosiy ambisiyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

"2021 yilda Gvineyada harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan va o‘shandan beri mamlakat amalda harbiylar tomonidan boshqariladi", deya qayd etadi AFP.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!