Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gvardiola xavotirda. Unga yangi to‘purar kerak

Gvardiola xavotirda. Unga yangi to‘purar kerak

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa hujum chizig‘ida faqatgina Erling Xolandga tayanib qolganidan jiddiy xavotirda.

City Xtra xabariga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi yanvar oyida jamoaga hujum chizig‘ida ko‘proq gol uradigan futbolchi kelishini istamoqda. "Bornmut" vingeri Antuan Semenyo bu yo‘lda ideal yechim hisoblanmoqda.

"Liverpul" ham jiddiy qiziqish bildirayotgan 25 yoshli ganalikning tovon puli 65 million funt hisoblanadi.

Semenyo joriy mavsumda jami 12 ta o‘yinda 9 ta golda ishtirok etgan - 6 ta gol, 3 ta assist.

Kiritildi: Bugun 11:53. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!