Bugun 9 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Gvardiola "Siti" futbolchisini yuqori darajadagi yulduzga aylantirmoqchi

Gvardiola "Siti" futbolchisini yuqori darajadagi yulduzga aylantirmoqchi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning braziliyalik vingeri Savio haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yoshiga qaramay, u yakkama-yakka vaziyatlarda to‘xtatib bo‘lmas darajada kuchli. Ishimizni oxirigacha yetkazsak, u yuqori toifadagi futbolchiga aylanadi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirmoqda.

Joriy mavsumda 21 yoshli Savio barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va o‘z hisobiga 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

11 mart kuni «Manchester Siti»ni Madridning «Real» klubiga qarshi safardagi muhim bahs kutmoqda.

Kiritildi: 14:11 08.03.2026. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!