«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi «Real Madrid»ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, «shaharliklar» musobaqaning 6-turida Ispaniyaga safar uyushtiradi.
«Real Madrid»ga qarshi «Santyago Bernabeu»da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan murabbiy bo‘lganimdan faxrlanaman. Ispaniyaga qaytish har doim yoqimli», deydi mutaxassis.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoalar «Real»ga qarshi 27 marta maydonga tushgan. Ularning 13 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 bahsda durang qayd etilgan. Yana 8 uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Ushbu jamoalar o‘rtasida bo‘ladigan navbatdagi bahs 10 dekabr sanasiga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum ham «Manchester Siti» va «Real Madrid» jamoalari Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida o‘zaro bahs olib borgan edi. Ikkala o‘yin natijasiga ko‘ra, «qirollik klubi» umumiy 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olgan.