"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha rejalar tuzmoqda.
"Shaharliklar" o‘tgan yozda qilingan so‘rovlardan so‘ng "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesga qiziqishda davom etmoqda, deb yozadi TEAMtalk TBR Football’ga tayanib. Gvardiola 22 yoshli Lopesning iste’dodiga muxlislik qiladi.
O‘tgan yozda "Chelsi" xavbekni sotib olishga urinib ko‘rdi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 22 yoshli Lopesni 50 million yevroga baholamoqda.