Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Gvardiola: «Man Siti» qayta qurishga muhtoj»

A A A
Gvardiola: «Man Siti» qayta qurishga muhtoj»

Pep Gvardiola «Manchester Siti» tarkibini qayta tiklash zarurligi haqida gapirdi.

«Jamoa tarkibi haqiqatan ham yaxshi, lekin ayni paytda ular safda emas. Bizga Rodri va boshqa ko‘plab futbolchilar yetishmayapti. Shunday qilib, men qayta qurish kerak, deb aytgan bo‘lardim. Bizda futbolchilar yetarli emas. Olti haftani to‘rt markaziy himoyachi va ikki yarimhimoyachisiz o‘tkazdik. Barqarorlik yo‘q.

Biz bor futbolchilar bilan ishlaymiz. Jarohatlanganlar bosqichma-bosqich qaytishmoqda. Umid qilamanki, biz uzoq vaqt ishlashda davom etamiz. Lekin «Feyenoord»ga qarshi (3:3) yomon o‘ynadik deya olasizmi? Men bunday o‘ylamayman. 3:0 hisobida oldinda borayotgandik. O‘zgarishlar amalga oshirdik. Bir oy o‘ynamagan Natan Akeni tushirdik, chunki hisobdan kelib chiqib unga o‘ynashga ruxsat berishimiz mantiqan to‘g‘ri edi. Kevin De Bryuyne ham o‘yin vaqtiga muhtoj edi.

Raqib 3 ta imkoniyatdan 3 ta gol urdi. Biz ketma-ket to‘rt bor Premer-ligada g‘alaba qozondik. Har doim mukammal o‘ynamaganmiz, lekin g‘alaba qozonish yo‘llarini topganmiz», — dedi «shaharliklar» ustozi Sky Sports'ga.

Kiritildi: 12:30 30.11.2024. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!