Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Gvardiola "Man Siti" futbolchilarini ogohlantirdi

Gvardiola "Man Siti" futbolchilarini ogohlantirdi

Shanba kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi doirasida o‘z maydonida «Solford Siti»ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan «shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Albatta, bu to‘rtinchi divizion jamoasi. Albatta, biz o‘z uyimizda o‘ynayapmiz. Ammo men futbolchilarga hech narsa osonlikcha qo‘lga kiritilmasligini uqtirishga harakat qilyapman. Hamma narsa qiyinchilik bilan keladi. Ha, o‘yindan keyin hammasi osondek tuyulishi mumkin, lekin biz o‘z ishimizni bajarishimiz kerak. Aynan shuning uchun ham Liga Kubogi yoki Angliya Kubogi kabi turnirlarda biz doimo raqobatbardosh bo‘lib kelganmiz. Biz doim to‘g‘ri kayfiyat bilan maydonga tushganmiz va ertaga ham bundan mustasno bo‘lmasligi kerak", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

«Manchester Siti» va «Solford Siti» o‘rtasidagi uchrashuv 14 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:20 13.02.2026. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!