Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

G‘uzorda 21 nafar o‘quvchi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi

G‘uzorda 21 nafar o‘quvchi zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi


23 sentyabr kuni G‘uzor tumanidagi 51-sonli maktabning o‘quvchilari ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kabi alomatlar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maktab atrofidagi paxta maydoniga erta yetilishini ta’minlash maqsadida «Agro Augron» dori vositasi sepilgan. Shundan so‘ng o‘quvchilarda zaharlanish alomatlari kuzatilgan.

Ayni vaqtda 7 nafar o‘quvchi stasionar davolanmoqda, qolganlarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga javob berilgan.

⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 201-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ekspertizalar tayinlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:21 29.09.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!