Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Guterrish: BMT Xavfsizlik Kengashi yaroqsiz holga keldi

Guterrish: BMT Xavfsizlik Kengashi yaroqsiz holga keldi

Seshanba kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hozirgi global boshqaruv tizimini qoralab, BMT Xavfsizlik Kengashi «eskirgan va ko‘pincha falaj bo‘lib qolganini» aytdi. Uning bayonoti Portugaliyaning Kaskay shahrida BMT Sivilizasiyalar alyansining 10-Global forumi ochilishida aytilgan.

Guterrish «xalqaro hamkorlikni yanada adolatli, qamrab oluvchi va zamonaviy voqelikka moslashtirish uchun yangilash va isloh qilish» zarurligini ta’kidladi.

«Xavfsizlik Kengashi eskirgan, xalqaro moliya arxitekturasi esa hozirgi iqtisodiy voqelikni aks ettirmaydi, bu esa uni noadekvat va adolatsiz qiladi», dedi Bosh kotib.

Guterrish bugungi kunda tinchlik masalasi ayniqsa dolzarb bo‘lgan to‘rtta asosiy mintaqani aniqladi: Ukraina🇺🇦, Falastin🇵🇸, Livan🇱🇧 va Sudan🇸🇩

Kiritildi: Bugun 01:14. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!