O‘zbekiston shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sa’dullayev Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston terma jamoasiga qaytishi haqida ma’lum qildi.
UzChess platformasidagi izohlarda u foydalanuvchilarga javob qaytargan.
"Gulruhbegimni albatta olib kelamiz. Afsuski, uning ketib qolganida men federasiyada bo‘lmaganman. Lekin u bilan doimiy aloqadamiz", - deya javob qaytardi Alisher Sa’dullayev.
Eslatib o‘tamiz, Gulruhbegim Tohirjonova ayni paytda AQSh terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Bo‘lajak Olimpiadada ham u terma jamoasining 1-raqamli shaxmatchisi sifatida o‘ynaydi.