Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Gulruhbegim AQSh tarkibida O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi

Gulruhbegim AQSh tarkibida O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi

Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

Bugun Olimpiadaning 2-tur partiyalari o‘ynaladi. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston- AQSh uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Har ikki terma jamoa ham kecha 1-turda bir xil 4:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan. Amerikaliklar safida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova ham g‘alaba nashidasini surgan edi.

Bugungi qarama-qarshilikda Tohirjonovaning sobiq jamoadoshlariga qarshi dona surishi kutilgandi. Qoyil qolish kerak, bugun berilgan juftliklarda xalqaro grossmeysterimiz Gulruhbegimning ism-sharifi kiritilmagan.

AQSh - O‘zbekiston (juftliklar)

Irina Krush (2430) - Nilufar Yoqubboyeva (2299)

Karissa Yip (2416) - Umida Omonova (2195)

Anna Zatonskix (2383) - Afruza Hamdamova (1969)

Tatev Abraxamyan (2291) - Marjona Malikova (1756)

Ma’lumot uchun, AQSh terma jamoasi jahon tasnifida 7, O‘zbekiston esa 46-pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 13:27 30.07.2022. O'qildi: 4440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!