Shveysariya tarixidagi ikkinchi eng yirik bankrotlik holati yuzasidan Zeromax kreditorining Ernst & Young'ga qarshi da’volari bo‘yicha sud davom etmoqda. Oliy sudning oraliq qarori bilan, javobgar tomonga audit jarayonidagi hujjatlarni taqdim etish majburiyati yuklatildi. Bu majburiyat “katta to‘rtlik” kompaniyasi uchun ulkan reputasiyaviy yo‘qotishlar va milliard dollarlik jarima bilan tugashi mumkin.
5 yildan beri davom etayotgan sud ishida Ernst & Young'ning Shveysariyadagi bo‘limi Gulnora Karimovaga aloqadorligi gumon qilinadigan Zeromax'ning shubhali tranzaksiyalariga ko‘z yumish va kompaniya moliyaviy hisobotlariga ijobiy xulosa berish orqali kreditorlarning zarar ko‘rishiga sababchi bo‘lishda ayblanmoqda.