IIV aniqlik kiritishicha, «Bek Family Cafe» MCHJga oshxonasida mavjud bo‘lgan o‘choqqa yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda ulangan 50 litr hajmdagi suyultirilgan propan gaz ballonidan sizib chiqqan uglevodorod gazi va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash yuzaga kelgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bek Family Cafe MCHJ mansabdor shaxslarining 3 nafari qamoqqa olingan.
iHamkor ma’lumotlariga ko‘ra, «Bek Family Cafe» MCHJ 100 foiz ulushi Oybek Sotiboldiyevga tegishli. Uning bundan tashqari yana baliqchilik klasterlari, agrofermalar, limonchilik, chorvachilik, qishloq xo‘jaligi texnikalar savdosi, restoran va metallurgiya kabi sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi 30dan ortiq kompaniyalari bo‘lgan.
«Bek Family Cafe» rahbari va bosh buxgalteri sifatida Aziz Xoljigitov ko‘rsatib o‘tilgan.