Bugun 27 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Gulistonda YTH: “Damas” va “Kobalt” to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi

Gulistonda YTH: “Damas” va “Kobalt” to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi qurbon bo‘ldi

Bugun, 1 fevral kuni ertalab soat 08:30larda 19 yoshli SH.B. «Cobalt» avtomashinasida Guliston shahar 4-mavze Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan avtomobil yo‘lida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketib, 21 yoshli S.M. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» bilan to‘qnashib ketdi.

IIV huzuridagi Tergov departamentidan ma’lum qilishlaricha, hodisa oqibatida «Damas» haydovchisi S.M., yo‘lovchilari – 55 yoshli SH.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S.lar voqea joyida vafot etgan. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 24 yoshli S.A.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 14:00 01.02.2020. O'qildi: 4810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!