Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Guliston shahrida ustama to‘lov sharti bilan fuqarolarning pul mablag‘ini jalb qilgan MCHJ rahbarining kirdikorlari fosh bo‘ldi

A A A
Guliston shahrida ustama to‘lov sharti bilan fuqarolarning pul mablag‘ini jalb qilgan MCHJ rahbarining kirdikorlari fosh bo‘ldi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.i.” MCHJ rahbari U.A. va boshqalar fuqarolardan go‘yoki investisiya ko‘rinishida pul mablag‘ini jalb etib, har oy o‘n foiz ustama to‘lovlari to‘lab berishga ishontirib, 5 nafar fuqaroning 105,8 mln so‘mi va 17 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:43 05.08.2022. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!