Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Gruziyalik futbolchi bir mavsumda Italiya va Fransiya chempioni bo‘ldi

Gruziyalik futbolchi bir mavsumda Italiya va Fransiya chempioni bo‘ldi

Vinger Xvicha Kvarasxeliya ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. Yaqinda "PSJ" tarkibida gruziyalik muddatidan oldin Fransiya chempioni bo‘ldi. Endi esa Kvarasxeliya Italiya chempioniga aylandi, "Napoli" A Seriyaning so‘nggi turida skudettoni rasmiylashtirdi.

Gap shundaki, Kvarasxeliya mavsumning birinchi qismini "Napoli"da o‘tkazdi. A Seriyaning mavsumdagi 17 o‘yinida Xvicha beshta gol va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shunday qilib, gruziyalik yanvar oyi o‘rtalarida "PSJ"ga ketishdan oldin klubning g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shgandi.

Xvicha va "PSJ"ni oldinda ikkita final kutmoqda: Fransiya kubogi finali (24 may) va Chempionlar ligasi finali (31 may). Raqiblar "Reyms" va "Inter" bo‘ladi.

Kiritildi: 10:23 24.05.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!