Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Gruziyadagi Yandex Go'ga egalik qiluvchi kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni Rossiyaga uzatgani uchun jarimaga tortildi

A A A
Gruziyadagi Yandex Go'ga egalik qiluvchi kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni Rossiyaga uzatgani uchun jarimaga tortildi

"Gruziya Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish xizmati Ridetech Georgia kompaniyasiga qoidabuzarlik uchun to‘rt ming lari (taxminan 1500 AQSh dollari) jarima belgiladi", deb yozadi “Ozodlik radiosi”ning Gruziya xizmati.

Gruziya Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish xizmatiga ko‘ra, Yandex Go taksi buyurtma qilish ilovasi Rossiya serverlariga ulangan, shuning uchun foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari, jumladan IP-manzillari boshqa davlatga uzatilgan.

2023 yil centyabr oyida Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati (FSB) taksi agregatorlariga, shu jumladan chet elda buyurtma berish uchun foydalaniluvchi Yandex Go xizmati ma’lumotlariga kechayu kunduz kirish huquqini olgan edi.

Kiritildi: 21:10 23.09.2024. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!