Gudauri qishlog‘idagi mashhur tog‘-chang‘i kurorti hududida joylashgan hind restoranining ikkinchi qavatidagi yotoqxonalarda 11 nafar xorijlik va bir Gruziya fuqarosining jasadi topildi. Halok bo‘lganlar katta ehtimol bilan ushbu restoran xodimlari bo‘lishlari mumkin.
Sud-tibbiyot ekspertlari jasadlarda zo‘ravonlik belgilarini topmagan. Tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, 12 kishining barchasi baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, o‘lim sababi uglerod oksidi bilan zaharlanish bo‘lishi mumkin. Xodimlarning yotoqxonalari yonidagi koridorda elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli generator ishlayotgan bo‘lgan. Polisiya “ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha tergov boshladi.