- Gudauri shahrining tog‘-chang‘i kurortidagi hind restoranida 12 kishining jasadi topildi, deyiladi Gruziya Ichki ishlar vazirligi tarqatgan xabarda.
– Bir qarashda jasadlarda zo‘ravonlik alomatlari yo‘q. Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, xona yaqinidagi yopiq maydonda generator o‘rnatilgan bo‘lib, ehtimol, elektr ta’minoti uzilgandan keyin u ishga tushirilgan bo‘lishi mumkin, -deyiladi bayonotda.
Halok bo‘lganlar restoran xodimlari ekanligi taxmin qilinmoqda. Hodisaning aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.