Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gruziyada Saakashvilining partiyasi konstitusiyaga zid deb e’lon qilindi

Gruziyada Saakashvilining partiyasi konstitusiyaga zid deb e’lon qilindi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili asos solgan "Birlashgan milliy harakat" partiyasi va unga qarashli partiyalar konstitusiyaga zid deb topiladi va bundan buyon saylovlarda qatnasha olmaydi.

Bu haqda "Gruziya orzusi – demokratik Gruziya" hukmron partiyasi ijrochi kotibi Mamuka Mdinaradze brifingda ma’lum qildi.

"Hozirgi bosqichda tergov (parlament) komissiyasining xulosasi ushbu partiyalarni konstitusiyaga zid deb topish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lishi aniq va men Konstitusiyaviy sud xolis qaror qabul qilishiga ishonaman. Milliy harakat kollektivi nafaqat mahalliy hokimiyat saylovlarida, balki bu mamlakatda o‘tkaziladigan boshqa saylovlarda ham ishtirok eta olmaydi", - dedi Mdinaradze.

Kiritildi: 23:28 27.03.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!