Gruziya parlamenti yalpi majlisida prezidentlik saylovi sanasini belgiladi. Ovoz berish uchun 85 nafar parlament a’zosi ro‘yxatga olingan. Saylovning 14 dekabr kuni o‘tkazilishini 80 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, ularning hech biri e’tiroz bildirmadi.
- Prezident saylovi birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan emas, balki parlament a’zolari va Adjarbz va Abxaziya Oliy Kengashlari hamda mahalliy ma’muriyat vakillaridan iborat saylov kengashi tomonidan o‘tkaziladi, - dedi spiker Shalva Papuashvili.
Uning eslatishicha, amaldagi prezident Salome Zurabishvilining olti yillik vakolati 16 dekabrda tugaydi, shuning uchun saylov Konstitusiyada belgilangan muddatda o‘tkazilishi kerak. Yangi prezidentning inaugurasiya marosimi 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Gruziyaning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili 2018 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq ovozi yo‘li bilan 6 yillik muddatga saylangan. Uning muddati shu yilning kuzida tugaydi. Konstitusiyaga kiritilgan yangi tuzatishlarga ko‘ra, bo‘lajak prezident 26 oktzbr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng parlament a’zolari va mahalliy hokimiyat vakillaridan iborat 300 nafar saylovchidan iborat hay’at tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
Avvalroq hukmron “Gruziya orzusi – demokratik Gruziya” partiyasi asoschisi Bidzina Ivanishvili Irakliy Kobaxidzeni bosh vazir lavozimiga qayta tayinlashni taklif qilgan edi.