Kecha tunda Tbilisida norozilik namoyishini tarqatish chog‘ida 22 kishi hibsga olingan.
Bu haqda Gruziya ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 15 kishi bo‘lib, ulardan 11 nafari aksiya ishtirokchilari, uch nafari OAV xodimlari va bir nafari Ichki ishlar vazirligi xodimi. Barcha jabrlanganlar shifokorlar nazoratida va ularning hayoti xavf ostida emas.