Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Gruziyada aholi sobiq prezident Mixail Saakashvili bilan birdamlik belgisi sifatida mitinglar o‘tkazmoqda

A A A
Gruziyada aholi sobiq prezident Mixail Saakashvili bilan birdamlik belgisi sifatida mitinglar o‘tkazmoqda

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining yuzlab tarafdorlari Gruziyaning yirik shaharlarida, jumladan Tbilisida ham namoyishga yig‘ilib, rasmiylardan sudlangan sobiq davlat rahbarini xorijda davolanish uchun qo‘yib yuborishni talab qilishmoqda.

Miting ishtirokchilari qo‘llarida "Vivamed" klinikasida yotgan Saakashvilini ozod etish talablari yozilgan plakatlarni ushlab turibdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvilining ahvoli shunchalik og‘irki, agar rasmiylar uni tezroq xorijga qo‘yib yubormasa, vafot etishi mumkin. Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari navbatchilik qilmoqda, namoyish tinch tartibda o‘tmoqda.

Saakashvilining yaqinlari va advokatlari uning qamoqxonada oziq-ovqat va gigiyena vositalariga qo‘shilgan turli zararli moddalar bilan zaharlanayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Sobiq prezidentning tibbiy tahlillari sog‘ligida jiddiy muammolar borligini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 14:39 05.01.2023. O'qildi: 1676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!